Tailandning Kxauyay milliy parkida oltita fil suvga cho‘kib halok bo‘ldi, deya xabar berdi “Interfaks”.

Foto: BBC

Xabarga ko‘ra, fil bolasi Xayev Narok sharsharasi yaqinidagi daryo kechuvida sirpanib ketgan va to‘da a’zolari uni qutqarishga uringan. Natijada fil bolasidan tashqari yana beshta katta fil halok bo‘ldi.

Foto: The Sun

Yana ikkita fil qutqarib olindi. Mutaxassislar qutqarib olingan jonivorlar ham hayot uchun kurashishi og‘ir kechadi sababi halok bo‘lgan to‘da a’zolari ularga jamoa sifatida ko‘mak bergan, deb hisoblamoqda. Fillar nihoyatda ta’sirchan hayvon hisoblangani uchun ham qurbon bo‘lgan guruhdoshlarini ko‘p yodga oladi.

Foto: The Sun

Sharshara yaqinida bu kabi fojialar avval ham sodir bo‘lgan. 1992-yilda shunga o‘xshash vaziyat yuz berishi natijasida sakkizta fil halok bo‘lgandi.

Tailandda taxminan yetti mingta Osiyo fillari hayot kechiradi.