Turk deputati Shirin Unalning uyda ishlagan va o‘z joniga qasd qilgan deb taxmin qilinayotgan Nodira Qodirovaning oilaviy vakili advokat Mujde Tozbey Erden iste’foga chiqqanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Togri.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Togri.uz”

Advokat Tozbey Erden o‘z bayonotida Nodira Qodirovaning oilasi bilan turlicha qarashlarga kelib qolgani sababli bu ishdan voz kechganini aytgan.

Sizga ma’lumki, Nodira 23-sentabr kuni deputat Shirin Unalning uyida o‘z joniga qasd qilgan deb aytilgan edi. Uning oilasi 25-sentabrda yetib kelgach, o‘sha kundan boshlab Nodira Qodirova ishini zimmamizga oldik.

Ushbu davrda Nodiraning do‘stlari, hamkasblari va keng jamoatchilikning ko‘magi bilan biz Nodiraning shubhali o‘limi uchun kurashdik va tergovning yopilishiga yo‘l qo‘ymadik.

Ammo biz ushbu bosqichda iste’foga chiqish zaruriyatini his qildik, chunki Nodiraning oilasi bilan qarashlarimiz turlicha edi.

Endi biz faqat Nodira oilasining advokati emas, balki Nodira va Nodira singari zulmat qurboni bo‘lgan ayollar uchun kurashishni davom ettiramiz.

Mujde Tozbey Erden, Bolalar va ayollar birinchi nomli assotsiatsiya rahbari, huquqshunos

Eslatib o‘tamiz, oldinroq turk deputati Shirin Unalning uyida o‘zini otib o‘ldirgani aytilgan Nodira Qodirovaning jasadi O‘zbekistonga keltirilgach uning tanasida ikkita o‘q izi aniqlangani ma’lum qilingandi.