O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilgan ACA 100 musobaqasidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Prosport.kz” xabar bermoqda.

Foto: “Prosport.kz”

4-oktabr, juma kuni Nurmatov mazkur musobaqa doirasida Beslan Isayevga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra jangni boy beradi.

Ta’kidlanishicha, hozircha uning o‘limi sababi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Bekzod Nurmatov MMA’dagi faoliyatini 2016-yilning dekabr oyida boshlagan. U respublika mudofaa tizimi vakili — kursant bo‘lgan. Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Olamsport nashriga ko‘ra, sportchi miyaga qon quyilishi sabab vafot etgan bo‘lishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!