“Barselona” (U-19) jamoasi bosh murabbiyi Viktor Valdes iste’fo berdi.

Foto: Twitter

“Barselona” sobiq darvozaboni iyul oyida jamoa boshqaruviga kelgandi. Uning o‘rnini Frank Artiga egalladi.

Marca nashrining xabar qilishicha, Valdesning katalonlar sport direktori Patrik Klyuyvert bilan yomon munosabati, shuningdek, Otten Cup musobaqasida uchinchi o‘rin uchun bahsda ishtirok etishdan bosh tortish va yoshlar o‘rtasidagi UEFA Ligasi guruh bosqichidagi ikki mag‘lubiyat iste’foga sabab bo‘lgan.

Avvalroq Valdes “Barselona” (U-19) Yoxan Kroyff nomidagi yangi stadionda o‘yin o‘tkaza olmayotganidan noligandi. Unda zaxira va ayollar jamoasi o‘z uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!