Fransiyaning “Lion” klubi bosh murabbiyi Silvinyo iste’foga chiqarildi. Bu haqida fransiyaliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Google Images

Hozircha “Lion” mashg‘ulotlarini braziliyalik mutaxassisning yordamchisi Jerald Batikl olib boradi.

Jamoa yangi murabbiy qidirishga kirishgan. Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, “Lion” jamoa bosh murabbiyligi uchun Arsen Venger, Loran Blan, Remi Gard hamda Tiago Motta nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, “Lion” Liga 1 musobaqa jadvalida 9 ta turdan so‘ng 9 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!