Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z oylik maoshini oshirish, shuningdek, mamlakat bosh vazirini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Hujjatga ko‘ra, ish haqlari 2019-yilning 1-oktabridan 4,3 foizga oshirilgan. Bundan tashqari, Rossiyaning bir qator idoralari rahbarlarining ham ish haqi miqdorlari oshirilgan.

Rahbarlarining ish haqlari oshirilgan idoralar qatoridan Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Federal qo‘riqlash xizmati, “Rosgvardiya”, Bosh prokuratura, Tergov qo‘mitasi, Tashqi razvedka xizmati va Davlat ov xizmati o‘rin olgan.

Avvalroq Putin davlat xizmatchilarining ba’zi toifalari ish haqini 4,3 foizga ko‘tarish haqidagi farmonni imzolagan.

Rossiya prezidenti 2015-yilda budjet taqchilligi sababli yuqori mansabli davlat xizmatchilari ish haqini 10 foizga kamaytirishga qaror qilgan. 2019-yilning may oyida esa mansabdorlarning ish haqlari avvalgi darajaga qaytgani ma’lum bo‘lgan.