“Suriya demokratik kuchlari”ning kurd otryadlari Turkiya tomonidan o‘tkazilgan harbiy operatsiyaga javob sifatida Suriya chegarasida joylashgan Turkiyaning Nusaybin shahrini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Minomyotlar yordamida otilgan o‘qlarga chegaradagi Jeylanpinar shahri va Suriyaning Haseko provinsiyasida joylashgan Al-Malikiya shahri yaqinidagi turk armiyasi bo‘linmalari ham nishon bo‘lgan. Kurd otryadlari provinsiya shimolidagi bir nechta neft qudug‘ini ham yoqib yuborgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyaning shimoli-sharqida Kurdiston Ishchi partiyasi hamda IShIDga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qilgan.