Italiyalik mutaxassis Stefano Pioli “Milan” bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: “Milan”

53 yoshli mutaxassis milanliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Uning maoshi yiliga 1 million yevroni tashkil qilishi xabar qilingandi.

Avvalroq “Milan” Marko Jampaoloni iste’foga chiqargandi.

Pioli bunga qadar “Inter”, “Latsio” va “Fiorentina” jamoalarida ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!