Qadamboy Sultonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi. Bunga qadar u O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qadamboy Sultonov (chapda)
Foto: Twitter/NESecJGale

Qadamboy Sultonov 7-oktabr, dushanba kuni Toshkentdan Rigaga jo‘nab ketdi.

Ayni paytda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan Badriddin Obidov 2018-yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar O‘zbekistonning Latviydagi elchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr, seshanba kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Said Rustamov Londonga jo‘nab ketdi.