“UzReport” Axborot agentligining asoschisi va bosh direktori Ravshanxon Jo‘rayev Jahon etnosport kengashi va Butunjahon strongmen federatsiyasi raisi etib tayinlandi.

Foto: “UzReport”

Oktabr oyi oxirida Toshkentda YuNESKO vakillari ishtirokida yangi tarkibdagi Kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilishda 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Jahon etnosport jamiyati 2012-yil 6-fevralda Monrealda (Kvebek, Kanada) ro‘yxatga olingan. Etnosport — bu turli xil etnik guruhlarning jismoniy faoliyati an’anaviy uslublarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy folklor sport turi.

Butunjahon strongmen federatsiyasi kuchli atletika sohasidagi mashhur tashkilot hisoblanadi. Mazkur federatsiyaga Rossiya, Hindiston, Latviya, Buyuk Britaniya, Marokash, Braziliya, Gretsiya, Vengriya, Niderlandiya kabi dunyoning 30 ta mamlakati a’zo bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!