Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari — Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi qurib bitkazildi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni ushbu obyektlarni borib ko‘rgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kongress-xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki to‘rtga bo‘linishi ham mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro sammitlar vaqtida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun xonalar, restoran, kichik konsert zali, dam olish joylari tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda qo‘shimcha zallar bor.

“Besh yulduzli Hilton mehmonxonasi nafaqat ushbu markaz, balki butun poytaxtimizga ko‘rk bo‘ldi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

21 qavatli binoda 258 ta nomer mavjud — 8 tasi davlat rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Pardozlash va jihozlashda issiq ranglar ko‘p qo‘llanilgan. Otelda bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati