Yaman terma jamoasi ustozi Sami al-Nash O‘zbekiston—Yaman terma jamoasi bellashuvidan oldin o‘yinoldi fikrlari bilan bo‘lishib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

O‘yin haqida

Ushbu konferensiya uchun avvalosi minnatdorchilik bildiramiz. O‘yin ikkala jamoa uchun ham muhim. O‘zbekiston ushbu bahsdan oldin ustunlikka ega. Boisi, ular o‘z maydonida o‘ynaydi. So‘nggi 2 ta o‘yindagi kabi yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Jamoa o‘yin uslubida o‘zgarishlar yuz berdimi?

Tarkib avvalgilaridan ancha yosh. Avvalgi bahslarda 3 nafar yoshi katta o‘yinchi bor edi. Biroq biz ularning xizmatlaridan foydalana olmadik. Bu safar esa ular o‘yinga tayyor.

O‘zbek futboli rivojlanishdan to‘xtadimi? Yoki u noto‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdami?

O‘zbekiston Osiyodagi eng katta jamoalardan biri. So‘nggi vaqtda jamoa o‘yinida pasayish kuzatilgan bo‘lishi mumkin, biroq unga har doim qarshilik ko‘rsatish mumkin.

Murabbiyning O‘zbekiston bilan uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy maqsadi nima?

Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Biz ham ushbu o‘yinda uch ochko uchun maydonga tushamiz. G‘alaba orqali guruhdagi ahvolni yaxshilab olish mumkin.

Guruhdagi asosiy yetakchi jamoa qaysi?

Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston. Guruhdagi boshqa jamoalarning kuchi deyarli bir-birga yaqin.

Yaman JCh—2022 saralashidagi bahslarni o‘z maydonida o‘tkazmayapti. Bu futbolchilarga qanchalik ta’sir o‘tkazmoqda?

Siyosiy vaziyat tufayli biz neytral maydonda maydonga tushyapmiz. Saudiya Arabistonida mashg‘ulotlarni olib bormoqdamiz. U yerda ham yamanlik vatandoshlarimiz ko‘p. Shu boisdan biz u yerda ham o‘zimizni uyimizdagidek his qilmoqdamiz. Ammo hech narsa Yaman uchrashuvlarni o‘z maydonida o‘tkazgani bilan tenglasha olmaydi. Murabbiy o‘zgarganidan so‘ng tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu ham o‘yinchilar ham taktik jihatga ham tegishli. Umid qilamiz hammasi yaxshi kechadi.

Shomurodovga qarshi qanday o‘ynaladi? Yaman hujumdan o‘ynaydimi yoki himoyadan?

O‘zbekiston tarkibida kuchli o‘yinchilar yig‘ilgan. Ulardan ba’zilari texnik, ba’zilari esa jismoniy jihatdan juda kuchli. Shomurodovni esa to‘xtatib qolishga harakat qilamiz.

O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi Kuper qo‘l ostida umuman boshqa o‘yin namoyish etdi? Yangi murabbiy esa endi debyutini o‘tkazadi. Yaman bunga qanday tayyorlandi?

Jamoa sifatida bir nechta taktikamiz mavjud. O‘zbekiston terma jamoasiga atab qo‘ygan taktikamiz mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!