Sovet kosmonavti Aleksey Leonov 11-oktabr kuni 85 yoshida vafot etdi. U bashariyat tarixida birinchi bo‘lib ochiq kosmosga chiqqan inson edi. Leonov 1960-yilda kosmonavtlarning birinchi otryadi safiga kirgan, biroq birinchi parvozni besh yildan so‘ng “Vosxod-2” kemasi bortida amalga oshirgan. Meduza Leonov va ekipaj komandiri Pavel Belyayev ishtirokidagi tarixiy parvoz qanday amalga oshirilgani aks etgan videoni taqdim etdi.

1965-yil 18-mart kuni parvoz boshlanganidan bir yarim soat o‘tgach, Leonov kemaning shlyuz kamerasini tark etgan va 12 daqiqa davomida erkin parvozda bo‘lgan. Rasmiy kinotasvirda muvaffaqiyatli parvoz haqida gapirilgan, biroq orbitada va qo‘nish paytida yuz bergan favqulodda vaziyatlar haqida tasvirda so‘z bormagan.

Keyinchalik parvozning rangli kadrlari paydo bo‘lgan.

Aslida kema bortiga qaytish uchun Leonov ochiq kosmosda shishib ketgan skanfandrning ichidagi havoni chiqarib tashlashiga to‘g‘ri kelgan. Shlyuz kamerasiga kosmonavt belgilanganidek oyoqlari bilan emas, balki boshi bilan kirgan, keyin esa ”Vosxod-2” bortiga qaytish uchun shlyuz ichida to‘g‘rilanib olishga majbur bo‘lgan. Leonov muammo haqida Yerga xabar bermaganini keyinchalik aytgan.

Leonovning shlyuz kamerasiga qaytishi bilan bog‘liq muammolarni NASA odamning ochiq kosmosga chiqishining 50 yilligi munosabati bilan sxematik tarzda tasvirlab bergan.

Bundan tashqari, avtomatik tarzda qo‘nishning ishlamay qolgani sababli qo‘nish qo‘lda amalga oshirilgan — “Vosxod-2” kemasi hozirgi Perm o‘lkasining shimolidagi taygaga qo‘ngan. Qo‘nish joyi to‘rt soatdan keyin aniqlangan. Undan keyin kosmonavtlar qanday kutib olingani quyidagi videoda aks etgan:

2017-yilda Leonoving parvoziga bag‘ishlangan “Birinchilar vaqti” nomli badiiy film taqdim etilgan edi. Kosmonavtning o‘zi ochiq kosmosga birinchi chiqish haqida hikoya qiluvchi bu filmning ijodkorlariga maslahatlar bergan.