O‘zbekistonda elektromobillar importiga boj solinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2-oktabrdagi qarorida so‘z boradi, deb xabar qildi Spot.

Foto: Autotesla

Gap TH VED 870380 kodli tovar mahsulotlari haqida ketmoqda: faqatgina elektr dvigatellari bilan harakatga keltiriladigan transport vositalari.

1-yanvardan boshlab shu turdagi elektromobillar importiga nol stavka joriy etilgan edi. 2020-yil 1-yanvaridan boshlab esa bojxona to‘lovi 10 foizni tashkil etadi.

Joriy yilning yozida elektromobillarni olib kirishda aksiz solig‘i ham bekor qilingandi. Hozircha bu amalda qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil boshidan buyon O‘zbekistonga 20 dona elektromobil olib kirilgan. O‘zbekiston elektromobil ishlab chiqarishda Qozog‘iston bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligi haqida ham xabar berilgandi.