“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsertlar mavsumi boshlandi. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.

Foto: Instagram / @ahmad_temurov

9-o‘rin. Xonanda Anvar Sanayev hamda O‘zbekiston xalq artisti Hojiakbar Hamidov konserti

20-sentabrda xonanda Anvar Sanayevning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti Hojiakbar Hamidovning  konsert dasturi esa 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Ikkala dasturning ham eng arzon chiptasi 20 ming so‘m, eng qimmati esa 100 ming so‘m qilib belgilangan.

8-o‘rin. O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov konserti

O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozovning 10—11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertiga kirish narxi 20 ming so‘mdan boshlanib, 120 ming so‘mgacha yetadi.

Foto: Instagram / Konsert.uz

7-o‘rin. Qiziqchi Avaz Oxun konserti

Qiziqchi Avaz Oxunning 13—17-noyabrda bo‘ladigan tomoshasiga eng arzon kirish chiptasi esa 20 ming so‘m, eng qimmati esa 150 ming so‘m qilib belgilangan.

Foto: Instagram / Konsert.uz

6-o‘rin. “Maximum” kulgi jamoasining konsert dasturi

“Maximum” kulgi jamoasining konsert dasturi 27—30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Konsertga kirish narxi 25 ming so‘mdan boshlanib, 150 ming so‘mgacha belgilangan edi.

Foto: Instagram / Konsert.uz

5-o‘rin. Xonanda Bahrom Nazarov konserti

Xonanda Bahrom Nazarovning konserti 1—4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 30 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha.

Foto: Instagram / Konsert.uz

4-o‘rin. “Bravo” kulgi jamoasining konsert dasturi

“Bravo” kulgi jamoasining 13—20-oktabr kunlari bo‘ladigan konsertining eng arzon chiptasi 25 ming so‘m, eng qimmati esa 200 ming so‘mdan.

Foto: Instagram / Konsert.uz

3-o‘rin. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev konserti

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning 6—12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturining chiptalari narxi quyidagicha — eng arzon chipta 15 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 350 ming so‘m.

Foto: Instagram / Konsert.uz

2-o‘rin. “Benom” guruhi konsert dasturi

“Benom” guruhining 22—24-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturining eng arzon chiptasi 30 ming so‘mdan, eng qimmati esa 300 ming so‘mdan sotilmoqda.

Foto: Instagram / Konsert.uz

1-o‘rin. Al Bano

Al Bano faqat bir kun — 22-oktabrda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 100 ming so‘m, eng qimmati esa 2 million so‘m.

Foto: Instagram / Konsert.uz