Sovet ittifoqi kosmonavti Aleksey Leonov 11-oktabr, juma kuni 86 yoshida vafot etdi. Leonovning vafoti haqida xabar berish uchun NASA astronavtlar Endryu Morgan va Kristina Kukning ochiq kosmosga chiqishi namoyish etilayotgan jonli translyatsiyani uzib qo‘ydi, deb yozmoqda Meduza.

NASA’ning xabarida Leonov ochiq kosmosdagi missiyalar erasini ochgan afsonaviy kosmonavt deb atalgan. Shuningdek, NASA tomonidan qayd etilishicha, Leonov ishtirok etgan “Soyuz—Appolon” loyihasi Xalqaro kosmik stansiyadagi xalqaro hamkorlik asosini yaratgan.