O‘zbekistondagi axborot saytlaridan biri bo‘lgan “Togri.uz” sayti o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bu haqda “Daryo”ga sayt muharriri Xurshid Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Foto: “Togri.uz”

Xurshid Yo‘ldoshevga ko‘ra, 14-oktabr, dushanba kuni sayt jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan hamda unda sayt direktori loyihani moliyalashtirish to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, “Togri.uz” ommaviy axborot vositasi sifatida 2019-yilning yozida ish boshlagan edi.