IIV ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, voqea 2018-yilning avgust oyida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Voqea tavsilotiga ko‘ra, hududning profilaktika inspektori jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, o‘rnatilgan tartibda qat’iy qonuniy choralar ko‘rilgan. Vazirlik xabarida aynan qanday qonuniy choralar ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan.