AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy operatsiyasi IShID terrorchilariga qarshi kurashga ta’sir ko‘rsatdi va hibsda bo‘lgan terrorchilarning ozod bo‘lishiga sharoit yaratganini ta’kidladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Defense News

AQSh hamda jahon hamjamiyatining e’tirozlari va ogohlantirishlariga qaramay Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya shimoliga hujum qilish haqida buyruq berdi, natijada hududda yuzlab odamlar halok bo‘ldi, binolar vayron qilindi, qochoqlar soni ko‘paydi, xavfsizlik darajasi pasaydi va mintaqadagi amerikalik harbiylar hayoti uchun ham tajovuzlar paydo bo‘ldi.

Mark Esper, AQSh mudofaa vaziri

Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “ushbu o‘rinsiz harakat” xalqaro tarzda IShIDga qarshi olib borilayotgan kurashga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, shuningdek ko‘plab terrorchilarning hibsdan ozodlikka chiqishiga sabab bo‘lgan.

Turkiyaning mas’uliyatsiz bilan qilgan harakatlari Suriya shimoli-sharqidagi amerikalik harbiylar hayotiga ham katta xavf solmoqda. Ushbu operatsiya natijasida biz kattaroq nizo ishtirokchisiga aylanishimizning ehtimoli ko‘paygan. Shu sababli AQSh mudofaa vazirligi prezident buyrug‘iga asosan o‘z qo‘shinini Suriya shimoli-sharqidan olib chiqib ketadi

Ushbu operatsiyani Turkiyaning beparvolik bilan qilgan tomonlama harbiy harakatlari deyish mumkin. Erdo‘g‘on ushbu harakatlar natijasida yuz beradigan hodisalar, jumladan IShIDning qayta tug‘ilishi, harbiy jinoyatlar va hududdagi inqiroz uchun javobgar bo‘ladi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga ham putur yetgan.

Mark Esper, AQSh mudofaa vaziri

AQSh administrasiyasi yuqori martabali vakilining aytishicha, hukumat terrochilarning qamoqdan chiqarilgani haqida axborot olgan, biroq Suriya hududida qancha terrorchi ozodlikda yurgani haqida aniq ma’lumotga ega emas.

Esper kelasi haftada NATOga a’zo davlatlarni Turkiyaga qarshi chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun yig‘ishni rejalashtirmoqda.

Kelasi haftada NATOning Bryusseldagi qarorgohiga boraman va u yerda itiffoqdagi sheriklarni jamoaviy, individual diplomatik hamda iqtisodiy jihatdan Turkiyaning harbiy harakatlariga qarshi turishga chaqirmoqchiman.

Mark Esper, AQSh mudofaa vaziri

Avvak AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaga nisbatan Suriya shimolidagi harbiy operatsiya uchun cheklov choralarini joriy etishga qaratilgan qarorni imzolagan. AQSh rasmiylari Turkiya mudofaa va energetika vazirliklari, shuningdek, mamlakat mudofaa, ichki ishlar va energetika vazirlariga nisbatan sanksiyalar e’lon qilgan. Ushbu qarorga muvofiq AQSh moliya vazirligi va davlat departamenti Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akara, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez hamda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.