Gemaniyaning Statista portali Kil jahon iqtisodiyoti institutining “Xitoyning xorij davlatlariga ajratgan kreditlari” mavzusidagi tadqiqotda Chin yurtidan yalpi ichki mahsulotga nisbatan katta qarzi bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozmoqda Regnum.

Foto: China Daily

2017-yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydan eng ko‘p qarzi bor mamlakat Jibuti, uning qarzi YaIMga nisbatan 90 foizni tashkil qiladi. Tashqi qarzi 25 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga Tonga, Maldiv orollari, Kongo Respublikasi, Qirg‘iziston, Kambodja, Niger va Laos kirgan.

Ushbu ro‘yxatni tuzishda qisqa muddatli qarzlardan tashqari to‘g‘ridan to‘g‘ri zayomlar, qarzdorlik portfeli va xorijiy investitsiyalar, shuningdek, ularning qismlari hisob-kitob qilingan. Tadqiqotda besh yil ichida Xitoydan davlat qarzini olib rivojlanayotgan mamlakatlar 70 foizdan oshgani va bu borada XXRning AQShga yetib olishga yaqin turganiga urg‘u berilgan.

Foto: Regnum

Xitoy “Yangi ipak yo‘li” mafkuraviy va infratuzilma konsepsiyasini tasdiqlaganidan keyin Janubi-sharqiy Osiyo va Afrika davlatlariga qarz berishni boshlagan.

Statista portali e’lon qilgan infografikadagi ranglarda O‘zbekiston qarzi 5-10 foiz ko‘rsatkichda bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilgan.