Xonanda Jahongir Otajonov 2019-yilning 14-oktabr kuni litsenziyasidan ayrildi. “O‘zbekkonsert” xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatdi.

Foto: Instagram / @jahongir_atajanovs

Jahongir Otajonov o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida ushbu holat yuzasidan ilk bora videomurojaat qoldirdi.

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Mana ikki kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda meni gostrol konsert faoliyatini yuritishim uchun huquq beruvchi litsenziyamni to‘xtatilgani haqidagi gaplar juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Men juda ham xursandman. Chunki bu sabab bilan menga nisbatan bo‘lgan qancha hurmat, e’tibor borligini, qolaversa, muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash borligini ko‘rib, bekorga san’atkor bo‘lmaganligimni tushundim.

Allohga behisob shukr, rozi bo‘linglar. Bir umr xizmatingizdamiz, ta’zimdamiz, hammangizdan Alloh rozi bo‘lsin. Uyingizda faqat to‘y bo‘lsin, yurtimiz tinch bo‘lsin.

Litsenziyamiz masalasiga keladigan bo‘lsak, u ham hal bo‘lar, ‘O‘zbekkonsert’ bilan ishlaganmiz har doim, bundan keyin ham kelishib ishlaymiz, Xudo xohlasa.

Jahongir Otajonov, xonanda