Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini, an’anaga ko‘ra, Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, ziyoratda O‘zbekiston xalqiga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.

Foto: Prerzident matbuot xizmati

Ulamolar bilan suhbatda O‘zbekiston tarixi, allomalarining boy ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.

Foto: Prerzident matbuot xizmati

Shuningdek, jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni afv etib, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto: Prerzident matbuot xizmati

Foto: Prerzident matbuot xizmati

Foto: Prerzident matbuot xizmati

Foto: Prerzident matbuot xizmati

Foto: Prerzident matbuot xizmati