O‘tgan yili Sherobod tumanida sement zavodi ishga tushirilgan edi. Joriy yilda Jarqo‘rg‘on tumanida “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasi barpo etildi. Bu yerda Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan zamonaviy texnologiya va uskunalar o‘rnatilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida ushbu zavod salohiyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyiha qiymati qariyb 144 million dollar bo‘lgan korxonaning birinchi bosqichi yakunlangan. Zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqariladi va 750 ming tonna sement eksport qilinadi, 1125 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Surxondaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari juda katta. Bu yerda yerosti boyliklari ko‘p. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar bor. Bundan oqilona foydalanishimiz, xalqimiz manfaati uchun ishlatishimiz kerak”, — dedi Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, kelgusida 12 million dollardan ziyod investitsiya jalb qilish orqali quruq qurilish aralashmalari, gidratlangan ohak, temir-beton mahsulotlari ham tayyorlash rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu yerda viloyatda sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyatning har bir tumanida 9—12 qavatli uylar qurish, Denov tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, tumanda erkin iqtisodiy zona tashkil etish, viloyat eksport salohiyatini oshirish, ko‘proq investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.