OAVda voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sodir bo‘lgan zo‘rlash to‘g‘risida xabar tarqalgani munosabati bilan O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur masalani nazoratga oldi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Foto: Videodan kadr

Xabarda aytilishicha, 15-oktabr, seshanba kuni Bosh konsul Fariddin Nasriyev Rossiya IIV Ufa shahri Boshqarmasining Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga borib, jabrlangan qizning onasi va uning advokati bilan suhbatlashdi. Mahalliy tergov organlariga rasmiy murojaat qildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi K.T.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olish chorasini qo‘llash haqida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz 44 yoshli tojikistonlik erkak uning onasini deportatsiya qilish, singillarini esa maktabdan haydash bilan qo‘rqitib, 2 yil davomida zo‘rlab kelgani haqida videomurojaat yo‘llagandi.