AQSh prezidenti Donald Tramp 9-oktabrda Suriyada “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi boshlanishi oldidan Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga yozgan xatida kurdlar generali Mazlum Abdining Anqara bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini bildirgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

AQSh davlat rahbari Erdo‘g‘onga ayrim muammolarning hal etilishi uchun astoydil harakat qilganligini aytgan va undan “butun dunyoga o‘z yukini tashlamaslik”ni so‘ragan. Ikki tomon uchun ham foydali kelishuv amalga oshishga yaqinligi, general Mazlum ham muzokaralarga tayyor ekanligini qayd etgan. Tramp o‘z xatiga ilova sifatida kurdlar yetakchisining maktubini ham Turkiya prezidentiga jo‘natgan.

Oq uy matbuot kotibi Stefani Grisham Donald Trampning Turkiya prezidentga xat yozganligi haqiqat ekanini tasdiqlagan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 9-oktabrda Suriya shimoli-sharqida Kurdiston ishchi partiyasi va IShID terrorchilariga qarshi “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasining boshlanganini e’lon qilgan. Turk aviatsiyasi shu kuni Ras al-Ayn shahri va mamlakatning boshqa hududlariga havodan hujum uyushtirgan. Keyinchalik turk qo‘shinlari Suriya hududiga bostirib kirgan.