Kanadalik fotograf Kristofer Xervig sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlarini kezib chiqdi va ulardagi metrolarning bekatlarini suratga oldi. Fotografning albomidan Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston” yo‘lidagi “Kosmonavtlar” bekati ham joy oldi.

Foto: Kristofer Xervig/“Sovet metro bekatlari”

“Kosmonavtlar” bekati 1984-yilda ishga tushirilgan. Bekat Valentina Tereshkova, Yuriy Gagarin va boshqa kosmonavtlarning tasvirlari tushirilgan keramik medalyonlar bilan bezatilgan. Bezakchilarning g‘oyasiga ko‘ra, bekatning shifti Somon yo‘lini eslatishi kerak.

Kristofer Xervig sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlari transport arxitekturasi muxlisi hisoblanadi. U 2015-yilda “Sovet avtobus bekatlari” nomli albomni taqdim etgan, 2017-yilda esa albomning ikkinchi tomini chop ettirgan. Endi esa uning e’tiborini metro tortdi.

“Sovet metro bekatlari” nomi ostida chiqarilgan albom muallifning dastxati bilan 25 funtdan sotuvga chiqarilgan.

Shuningdek, albomdan boshqa bir qator Sobiq ittifoq mamlakatlaridagi metro bekatlari ham o‘rin olgan.

Rossiyaning Samara shahridagi “Gagarin” bekati

Foto: Kristofer Xervig/“Sovet metro bekatlari”

Belarus poytaxti Minsk shahridagi “Chelyuskinsev xiyoboni” bekati

Foto: Kristofer Xervig/“Sovet metro bekatlari”

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Avtovo” bekati

Foto: Kristofer Xervig/“Sovet metro bekatlari”

Ukrainaning Xarkov shahridagi “Kiyev” bekati

Foto: Kristofer Xervig/“Sovet metro bekatlari”

Rossiyaning Nijegorod shahridagi “Chkalov” bekati

Foto: Kristofer Xervig/“Sovet metro bekatlari”