Himolay tog‘laridan boshlanuvchi Gang daryosining suvi xuddi go‘dakning ko‘z yoshlari kabi toza. Biroq oqim o‘z manbaidan uzoqlashgani sari yo‘l chetidagi zovurlarni yodga sola boshlaydi. Hindlar ushbu daryoni muqaddas deb biladi, shunga qaramay har kuni uni ifloslantirishni davom etmoqda. BigPicture Gang daryosining suvi Kalkutta shahriga yetib kelguniga qadar shaffoflikdan asar ham qolmaydigan suvga aylangani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Foto: BigPicture

Alaknanda va Bxagiratxi daryolarining qo‘shilish joyi, Gang irmoqlari. Aynan shu yerdan sayyoradagi eng katta daryolardan biri boshlanadi.

Foto: BigPicture

Gang hind mifologiyasida — samodan yerga tushgan daryo. Shu sababli uning qirg‘oqlarida ko‘plab diniy marosimlar o‘tkaziladi.

Foto: BigPicture

Gang daryosining boshlanishida Devaprayyag shahri joylashgan — hindlarning muqaddas ziyoratgohi. Suratda 19 yoshli Lokesh Sharma tasvirlangan bo‘lib, u rohiblarning to‘rtinchi avlodi hisoblanadi.

Foto: BigPicture

Xaridvar shahrida kechki ibodat vaqti. Suv sekin-asta loyqalanib bormoqda. Har kuni minglab hindlar gunohlaridan forig‘ bo‘lish uchun suvda cho‘miladi.

Suvda hatto xudolarining haykallari ham cho‘miladi. Ayrimlari esa suv ostida qolib ketadi.

Foto: BigPicture

Daryo suvlari sanoat shahri bo‘lmish Kanpurda to‘q kulrang rangga kiradi. Gang daryosining bu kabi suvlarida cho‘milish dizenteriya, vabo va diareya kabi kasalliklarga olib keladi.

Foto: BigPicture

Kanpur — Hindistonning asosiy sanoat shaharlaridan biri va bu yerdagi ishlab chiqaruvchilar chiqindilarni tozalamasdan Gangga tashlaydi.

Foto: BigPicture

Suv yuzasida qandaydir qizil chiqindi aralashgan ko‘piklar to‘planib qoladi.

Foto: BigPicture

Noekologik ishlab chiqarish korxonalari ko‘p bo‘lgan joylarda esa Gang iflos qizil rangga kiradi.

Foto: BigPicture

Undan keyingi manzil — Uttar-Pradesh shtatidagi Mirzapur shahri. Turar joy binolarining kanalizatsiyasi to‘g‘ri daryoga oqadi.

Foto: BigPicture

Foto: BigPicture

Maishiy chiqindilar ham to‘g‘ri daryoga tashlanadi.

Foto: BigPicture

Hindlarning muqaddas joylaridan biri — Varanasi. Bu yerda vafot etgan insonlar ma’lum bir vaqt daryo suviga solib qo‘yiladi.

Foto: BigPicture

Foto: BigPicture

Foto: BigPicture

Shuningdek, ko‘plab odamlar bu yerga cho‘milgani keladi.

Foto: BigPicture

Gang daryosining Kalkuttadagi qirg‘oqlarining ko‘rinishi.

Foto: BigPicture

Gang daryosi suvining so‘nggi maskani — Bengal ko‘rfazi.

Foto: BigPicture