162082 nomli asteroid 25-oktabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Astronomy Now.

Foto: Scribd

O‘lchami 441—986 metrlar oralig‘ida deya taxmin qilingan kosmik obyekt Yerga 0,04 astronomik birlik masofaga qadar yaqinlashadi. Bu Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 16 barobar ko‘p demakdir. Obyekt sayyoraga 25-oktabr kuni soat 22:21 da eng yaqin masofaga qadar yaqinlashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur asteroid potensial xavfli samo jismlari sinfiga kiradi. Biroq yaqin 120 yil ichida uning Yer bilan to‘qnashish ehtimolligi kam: asteroid 2140-yildagina yanada yaqinroq masofadan uchib o‘tadi.

162082 obyekti 1998-yilning 18-aprelida Nyu-Mexikoda aniqlangan. U Yer orbitasiga tashqi tarafdan kesishuvchi “Apollon” yer atrofidagi asteroidlar guruhiga mansub. Bu turdagi obyeklarning jami soni besh mingdan ortiqni tashkil etadi.