NATOda Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy operatsiyasi va uning oqibatlarini o‘rganuvchi favqulodda inqiroz shtabi tashkil qilindi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: “Tvc.ru”

Ushbu tuzilma tarkibiga razvedka va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlar, harbiy operatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar hamda siyosiy maslahatchilar kiritilgan.

16-oktabr, chorshanba kuni o‘tgan Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlarning 29 nafar rais o‘rinbosari ishtirok etgan yig‘ilishda Turkiya alyans bo‘yicha hamkorlarini o‘z harbiy harakatlari va qochoqlar oqimi haqida xabardor qilib turishini va’da qilgandi. Shuningdek, yig‘ilishda Anqara vakili operatsiyaning noyabr birinchi yarmigacha davom ettirishini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar 120 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatib turish bo‘yicha kelishuvdan oldin berilgan.

9-oktabrda Turkiya Suriya shimoli-sharqida “Suriya demokratik kuchlari”, Kurdiston ishchi partiyasi va IShID jangarilariga qarshi “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasining boshlanganini e’lon qilgan. AQSh ushbu harakatlarda ishtirok etmasligini bildirgan va o‘z qo‘shinini operatsiya o‘tadigan hududdan uzoqlashtirgan. Yevropa davlatlari, AQSh, Eron, Iroq, Misr, Kanada va boshqa mamlakatlar ushbu harakatlarni keskin qoralagan.