Shuningdek, Marsga odam uchirish missiyasini 30-yillarning o‘rtalaridan kutishimiz kerak ekan. Bu haqda NASA eksperti ma’lumot berdi.

NASA’ning ilmiy missiyalar bo‘yicha direksiyasi rahbari Tomas Zurbuxen yaqinda Boston universitetiga tashrif buyurgan va talabalar bilan ilmiy munozaralarda ishtirok etgan. 2016-yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgan olim, jumladan, Yerdan tashqarida, o‘zga sayyoralarda ham hayot mavjudmi-yo‘qmi degan savolga hamda Marsga qachon odam uchirilishi borasidagi savolga ham o‘z munosabatini bildirib o‘tgan. Bu haqda ScienseAlert nashri xabar qilmoqda.

Foto: Shutterstock

Xususan, u Yerdan tashqarida, o‘zga sayyoralarda ham hayot mavjudmi degan savolga o‘z intuitsiyasi va ilmiy qarashlaridan kelib chiqib “ha” deb javob berishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga bu hozircha ilmiy isbotlanmagani sababli u javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga kafolat berolmasligini aytgan. U ushbu savolning javobini o‘zining tiriklik chog‘ida bilib olishiga umid qilmoqda ekan. U “Biz tabiatning kuchiga yetarlicha baho bermay kelganmiz, o‘zga sayyoralarda hayot bo‘lishi ehtimoli biz o‘ylagandan va kutgandan ancha yuqoriroq”, deb aytgan.

U fazoga shaxsan o‘zi uchishni istamasligini, chunki bu tayyorgarlik uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘lishini aytgan. Shuningdek, Marsga ekspeditsiya jo‘natish missiyasini 2030–2040-yillar orasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, Marsga yo‘l oladigan ilk marsonavtlar ko‘pi bilan sakkiz kishidan iborat bo‘ladi va qolgan tafsilotlar o‘sha muddatga yaqin ayon bo‘lib boradi.