Angliyaning Esseks grafligidagi Greys shahri sanoat parki hududida yuk mashinasi ichidan 39 kishining jasadi topildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Sky News

Yuk mashinasi haydovchisi, shimoliy irlandiyalik 25 yashar erkak qotillikda gumon qilinib, politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi Angliyaga Bolgariyadan kirib kelgan. Buyuk Britaniya chegarasini 19-oktabr, shanba kuni Uelsdagi Xolixed shahrida kesib o‘tgan.

Politsiya yuk mashinasidagi kishilarning shaxsi va halok bo‘lishi sabablarini o‘rganmoqda.