Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Muzaffar Sa’dullayev “Osmondagi bolalar” filmidagi Javohir, Xurshid, Lolaning bugungi kundagi faoliyati haqida gapirib berdi.

Filmda Baxtiyor rolini ijro etgan, rejissorimiz Zulfiqor Musoqovning o‘g‘li Temurni bilaman. Adashmasam, u 3 ta filmda rejissor-postanovshik bo‘lib ishladi. Keyinroq esa tijoratga o‘tib ketdi. Hozirda u tijorat bilan band.

Javohir obrazidagi Aziz yigitimiz, oxirgi bilganim Ushu federatsiyasida adashmasam master-sport edi, murabbiy bo‘lib ishlab yuribdi.

Xurshid obrazidagi Davron degan yigitimiz bilan oxirgi marta gaplashganimizda ‘Akfa’da ishlab yuribman, erta-indin Imzo’ga o‘tib ketaman’, degan edi.

Lola bilan oxirgi marta o‘tgan yili ‘Berlin Oqqo‘rg‘on’ filmining suratga olish jarayonlarida ko‘rishgan edim. Ayni vaqtda Lola ishlaydimi yoki uy bekasimi, aniq bilmayman. U turmushga chiqqan, uchta bolasi, oilasi bor.

Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, “Inson” kinostudiyasi rahbari