Angliyaning Esseks grafligidagi Greys shahri sanoat parki hududida yuk mashinasi ichidan jasadi topilgan 39 kishining barchasi Xitoy fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: BBC

Qurbonlarning 31 nafari erkak va 8 nafari ayol bo‘lgan. Ularning biri o‘smir ekanligi aytilmoqda.

Haydovchi — shimoliy irlandiyalik Mo Robinson ommaviy qotillik yuzasidan ochilgan jinoiy ish tergovi doirasida hibsga olindi.

Xitoylik migrantlar tushgan mashinada sovutish tizimi ishlab turgani va refrijeratordagi harorat o‘rtacha 25 daraja sovuq bo‘lgani taxmin qilinmoqda.