Vladimir Putinning vorisi haqida Kremlda hozircha hech kim bosh qotirayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

“Prezidentlik saylovlarigacha hali ancha vaqt bor. Biz bu jarayonning boshlang‘ich bosqichida turibmiz. Shu sababli uning vorisi haqida hozircha hech kim o‘ylamayapti, barcha qizg‘in ish bilan band”, — dedi Peskov.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi shu tariqa teleboshlovchi Dmitriy Kiselyovning Putin go‘yoki vorisini qidirish bilan muntazam mashg‘ul ekanligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

Ma’lumot uchun, ushbu lavozimga 2018-yilda qayta saylangan Putining prezidentlik vakolatlari 2024-yilda yakunlanadi.