Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida yashovchi 45 yoshli K.G‘., turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola issitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 22-oktabr kuni soat 22:00 larda yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.