Buyuk Britaniyada politsiya 39 nafar xitoylik migrant halok bo‘lgan yuk mashinasi ishi doirasida ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Sky News

Politsiya qo‘lga olingan shaxslarning faqat jinsi va yoshini ma’lum qilgan. Ular Uorrington shahrilik 38 yashar erkak va ayol bo‘lib, hodisaga qanday aloqalari bo‘lgani ochiqlanmagan.

Tergov doirasida oldinroq yuk mashinasi haydovchisi, Shimoliy Irlandiya fuqarosi Mo Robinson hibsga olingandi. U qotillikda gumon qilinmoqda.