Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik otning antiqa aktyorlik mahorati barchani haron qoldirib, odamlar yuzida tabassum uyg‘otmoqda. Jonivor egasi kelib uni minmoqchi bo‘lgan vaqtda yerga yotib olib, ko‘zlarini yumib o‘zini o‘lganlikka soladi, deb yozgan “Izvestiya”.

Foto: YouTube

Szinan laqabli ot obrazga kirib yerga yotib olgach, tepasida turgan chavandoz o‘zidan uzoqlashmaguniga qadar holatdan chiqmaydi. Videodagi kadrlarda ham otning yerga yonboshlab oyoqlarini ham qimirlatmay rol ijro etayotganini ko‘rish mumkin.

Xitoylik otning videosi Koreyaning Kritter Klub veb-kanaliga joylashtirilgan, ko‘rishlar soni 23 milliondan oshib ketgan.

El caballo que se hace el muerto para que no le montén 😂😂😂😂😂😂

Geplaatst door Frasisco Zalasar op Vrijdag 4 oktober 2019