Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning Pervomaysk sudi mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini 26-dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.

Foto: Reuters

“Qonunga ko‘ra sud tergov-surishtiruv jarayoni ikki oy davom etadi, shu sababli Atambayevga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi uzaytirildi”, — deya ta’kidlagan huquqshunos.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev 2019-yil 26-oktabrda qamoqqa olingan va ikki oy, ya’ni 26-dekabrga qadar panjara ortida bo‘ladi.

2011—2017-yillarda Qirg‘izistonga rahbarlik qilgan Atambayev 8-avgustda Chuy viloyatining Qo‘y-Tosh qishlog‘ida qariyb bir sutka davom etgan maxsus operatsiyalardan keyin hibsga olingan. Sobiq prezident tarafdorlari 100 dan ortiq odam, jumladan, militsiya xodimlari ham tan jarohati olgan va tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan.

Atambayev o‘zi taslim bo‘lgan va Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining qamoqxonasiga olib ketilgan.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik, ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish, qotillikni tashkillashtirishi, odamlarni garovga olishni tashkil qilish, korrupsiya hamda Qo‘y-Tosh qishlog‘i va Issiqko‘l viloyatidagi yerlarni noqonuniy ravishda o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.