Rossiyada Telegram messenjerining blokirovka qilishga urinish undan foydalanish man etilishini anglatmaydi. Bu haqda mamlakat aloqa vazirining o‘rinbosari Aleksey Volin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” .

Foto: Depositphotos

“Rossiyada ushbu messenjerdan foydalanish qonuniymi?” degan aniqlashtiruvchi savolga mansabdor tasdiqlovchi javob berdi.

Oldinroq Rossiya prezidentining raqamli va texnologik rivojlanish bo‘yicha maxsus vakili Dmitriy Peskov ham Rossiyada Telegram’dan foydalanish taqiqlanmaganini bildirgandi.

Ma’lumot uchun, Roskomnadzor 2018-yil aprelidan beri FXXga shifr kalitlarini berishdan bosh tortgani uchun Telegram’ni blokirovka qilib keladi, biroq messenjerdan hozirda ham foydalanish imkoniyati bor.