Yaponiyaning Iokagama shahridagi zargarlik buyumlari ko‘rgazmasidan 50 qirot (karat)li brilliant o‘g‘irlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

O‘g‘irlangan qimmatbaho toshning qiymati 1,8 million dollarni tashkil etishi aytilmoqda.

Ko‘rgazma yopilishidan oldin xodimlardan biri tosh g‘oyib bo‘lganini payqab qolgan. Brilliant joylashtirilgan vitrina ochiq edi.

Politsiya taxminiga ko‘ra, brilliant qisqa vaqt mobaynida o‘g‘irlangan, ko‘rgazma xodimlari orasida jinoyatchilarning sherigi bo‘lishi mumkin. Hozirda ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.