Tenkafubu turiga mansub ikki dona xurmo mevasi Yaponiyaning Nagoya shahridagi markaziy bozor savdosida 700 ming iyena taxminan 6,5 ming AQSh dollariga sotildi, deb xabar bermoqda NHK.

“Macdiary.ru”

Yaponiya tarixidagi eng buyuk davlat arboblaridan biri e’tirof qilinuvchi Odi Nobunagi muhridagi yozuv nomi bilan ataluvchi Tenkafubu xurmosi ilk bora 2016-yilda sotuvga chiqarilgan. O‘shanda uning narxi 320 ming iyena (taxminan 3 ming AQSh dollari) bo‘lgan. Xurmoning og‘irligi 300 gramm. Tenkafubu turiga mansub ushbu xurmoni yetishtirishga 11 yil vaqt sarflangan.

Xabarga ko‘ra, sotilgan xurmolardagi qand miqdori Briks shkalasida 25 gradusni tashkil qiladi. Oddiy xurmolardagi qand miqdori 15-16 gradus. 2 ta xurmoni sotib olgan xaridorning ismi-sharifi oshkor qilinmagan.