Belgiya hukumatini mamlakat tarixida ilk bor ayol kishi boshqaradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Sofi Vilms bosh vazir Sharl Mishel Yevropa kengashi prezidenti etib saylanishi munosabati bilan noyabrda bu lavozimni tark etganidan so‘ng Belgiya muvaqqat hukumatini boshqaradi.

Vilms Mishelning muvaqqat hukumatida budjet vaziri bo‘lgandi. Endi u Belgiya parlamenti doimiy hukumatni shakllantirguncha mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaradi.