Britaniyada 39 nafar muhojirning jasadi topilgan yuk mashinasi haydovchisiga qasddan bo‘lmagan qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: BBC

Shuningdek, Moris Robinson odam savdosi, noqonuniy immigratsiyaga ko‘maklashish va jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni legallashtirishda ham ayblanmoqda.

Jinoyat tergovi bilan shug‘ullanayotgan Esseks grafligi politsiyasiga ko‘ra, sud 28-oktabr kuni Morrisonga nisbatan ehtiyot chorasini belgilaydi.

Haydovchidan tashqari, ushbu ish doirasida yana uch kishi: ikki erkak va bir ayol ham qo‘lga olingan.