Chili prezidenti Sebastyan Pinyera mamlakat hukumati iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Bunga mamlakatni qamrab olgan narx-navo oshishiga qarshi norozilik namoyishlari turtki bo‘lgani bildirilgan.

“Men yangi hukumatni shakllantirish uchun barcha vazirlardan iste’fo berishlarini so‘radim. Biz yangi voqelik qarshisida turibmiz”, — dedi Pinyera millatga murojaati davomida.

Chili prezidentiga ko‘ra, “vaziyat taqozo qilsa, 27-oktabr, yakshanba kuni mamlakatning barcha mintaqalarida favqulodda holat bekor qilinadi”.