AQSh harbiylari 26-oktabr kuni Suriyada IShID terroristik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: BBC

Xabarga ko‘ra, maxsus harbiy harakatlar vaqtida al-Bag‘dodiy o‘ldirilgan, ammo ushbu ma’lumot hali rasman o‘z tasdig‘ini topmagan. Terrorchining dushman qo‘liga tushmaslik uchun o‘zini-o‘z portlatib yuborgani taxmin qilinmoqda.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter orqali 27-oktabrda muhim bayonot bilan chiqishi bildirilgan. Trampning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqda “olamshumul voqea sodir bo‘lganligiga” sha’ma qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.