AQShning Kaliforniya shtatida 200 mingdan ortiq aholi kuchayib borayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: Reuters

27-oktabr, yakshanba kuni Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom shtatning barcha hududida favqulodda holat e’lon qildi. 58 okrugdan 43 tasida xavfning yuqori, “qizil” darajasi belgilangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 220 kvadrat kilometr maydon yonib bitgan, 80 mingga yaqin bino va inshootlar xavf hududida qolgan.

Kaliforniyada 500 mingdan ortiq kishi elektr ta’minotisiz qoldi. Shtat kommunal xizmatlari bu raqam 1 million kishiga yetishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, Kaliforniyadagi o‘rmonlar 23-oktabr kuni tunda alanga olgan va tezligi soniyasiga 34 metrga yetgan kuchli shamol tufayli shiddat bilan tarqalgan.