Kolumbiyaning Alban munitsipalitetida mamlakat harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: AP

Xabarda aytilishicha, vertolyotning holati yaxshi bo‘lgan. U bir necha bor davlat rahbari safarlarida xizmat qilgan, 2017-yilda esa Rim papasi Fransiskning Kolumbiyaga tashrifi davomida foydalanilgan.

Vertolyot Kundinamarka departamentidagi Palankero aviabazasidan parvoz qilganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Halokat chog‘i uning bortida ikki zobit va 4 nafar kichik zobit bo‘lgan.

Halokat sabablari hozircha ma’lum emas. Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.