Rossiyaning Astraxan viloyati Xarabali tumanida 25 nafar O‘zbekiston fuqarosi qullikdan ozod qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. Ish beruvchi ularning pasportlarini olib qo‘ygan va ish haqi to‘lamagan.

Foto: “ast-news.ru”

Qayd etilishicha, ushbu holatni aniqlagan Konsul Xujabaxlil Asamov o‘zbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov Xarabali tumaniga borgan. Ko‘rilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarilgan, ish haqi to‘langan, o‘zbekistonliklar esa Vatanga yuborilgan.

Xizmat safari chog‘ida boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlangan. Shu munosabat bilan Bosh konsulxona Astraxan viloyatining tegishli organlariga tekshiruv tadbirlarini olib borishni so‘rab murojaat qilmoqchi.