Bryussel sudi Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonni Ispaniya rasmiylari ixtiyoriga topshirish masalasini dekabrga qoldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Ekstraditsiya bo‘yicha keyingi sud muhokamasi joriy yilning 16-dekabrida bo‘lib o‘tadi.

“Belgiya prokuraturasi Ispaniya sudining ekstraditsiya haqidagi talabiga rozi bo‘ldi. Bu jarayon sudga yozma dalillar taqdim etishni ko‘zda tutadi. Ularni tuzish uchun vaqtimiz yetarli. Shundan so‘ng sudda yana 16-dekabr kuni ko‘rishamiz. Himoyamiz ostidagi shaxsning daxlsizligini ma’lum qilamiz. Ushbu muddatgacha hech qanday sud qarorlari bo‘lmaydi”, — dedi Puchdemonning advokati Simon Bekayert.

Mazkur ma’lumotni Puchdemonning o‘zi ham tasdiqladi va dekabrda Belgiya sudi “oqilona qaror chiqarishiga” ishonishini bildirdi.