Bosh prokuratura Qo‘qonda is gazidan zaharlanish bo‘yicha sodir bo‘lgan voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28-oktabr kuni Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida yashovchi 1967-yilda tug‘ilgan N.G‘. ismli erkak, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar o‘g‘li xonadon ichida tarqalgan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.